Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston FIFA reytingida Qirg‘iziston va Livandan ham pastga tushdi
Foto: KUN.UZ
FIFA terma jamoalarning iyun oyi reytingini e'lon qildi.
O‘zbekiston terma jamoasi o‘tgan oyga nisbatan 7 pog‘ona pastladi va 354 ochko bilan 95-o‘ringa tushib ketdi. OFK miqyosida futbolchilarimiz 13-o‘rinda bormoqda. Qizig‘i shundaki, Qirg‘iziston (12-o‘rin) va Livan (9-o‘rin) kabi terma jamoalar ham bizdan oldinga o‘tib ketgan.
OFK miqyosida reytingni Avstraliya (718 ochko) terma jamoasi boshqarib bormoqda. Undan keyingi o‘rinlarni Eron (708), Janubiy Koreya (544) va Yaponiya (521) egallab turibdi.
Dunyo reytingida peshqadamlar o‘zgarmadi. Birinchi o‘rinda Germaniya (1558 ochko), ikkinchi o‘rinda Braziliya (1431), undan keyin Belgiya (1298) bormoqda.
Mavzuga oid
21:16 / 18.12.2025
Saudiya Arabistoni JCh-2034 budjetini qisqartiradi
21:08 / 17.12.2025
FIFA O‘zbekiston milliy jamoasiga kamida 10,5 mln dollar to‘laydi
16:11 / 17.12.2025
Noroziliklardan keyin JCh uchun 60 dollarlik chiptalar chiqariladi
22:55 / 16.12.2025