Jahon | 07:46 / 08.06.2018
2592
1 daqiqa o‘qiladi

Xalqaro valyuta jamg‘armasi Argentinaga 50 mlrd dollar ajratadigan bo‘ldi

Foto: RIA Novosti / Natalya Seliverstova

Argentina hukumati va Xalqaro valyuta jamg‘armasi mamlakatga 50 mlrd dollar ajratish haqida kelishib oldi.

May boshida Argentina prezidenti Maurisio Makri hukumat XVJga kredit berilishi iltimosi bilan murojaat qilganinini ma'lum qilgan. Uning ta'kidlashicha, bu tashqi iqtisodiy sharoitlar yomonlashgani, stavkalar va neft narxlari oshgani bilan bog‘langan, Argentina esa ko‘p jihatdan tashqi moliyalashtirishga bog‘langan, bu esa katta xarajatlar oqibati bo‘lgan.

Buenos-Ayresda Argentina iqtisodiyot vaziri Nikolas Duxovne ma'lum qilganidek, kreditning berilishi shartida 2019 yilda inflyatsiya 17 foiz, 2020 yilda 13 foiz, 2021 yilda esa 9 foizni tashkil qilishi ko‘zda tutilgan.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid