Jamiyat | 13:25 / 08.06.2018
13551
3 daqiqa o‘qiladi

Manzil koloniyasiga o‘tkazilgan shaxs yana jinoyatga qo‘l urdi

Foto: rualimenty.ru

So‘nggi vaqtlarda davlat tomonidan jinoyatga qo‘l urgan qonunbuzarlarni sog‘lom turmush hayotga qaytarish maqsadida fuqarolarimizni qilgan jinoyatiga berilgan jazoni yengillashtirish imkoniyatlari berilmoqda, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, 2014 yilning 4 dekabrida Toshkent viloyati Bekobod shahar sudi tomonidan qilgan jinoyati uchun sudlanib 8 yilu 3 oyga ozodlikdan mahrum bo‘lgan Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanidan yashagan A.R. ham jazosi yengillashish imkoniyatiga ega bo‘lgan fuqarolardan biri edi.

A.R. respublikada olib borilayotgan kechirimli bo‘lish tamoyiliga asoslangan siyosat sharofati tufayli 2018 yilning 21 fevral kuni Chirchiq tuman sudining ajrimi bilan qolgan 4 yilu 11 oy jazo muddatini o‘tash uchun dastlab, manzil koloniyasiga o‘tkazilib, keyinroq Buxoro viloyati IIBga qarashli jazoni ijro etish muassasasiga  yuborilgan.
 
O‘z o‘rnida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan A.R.ni jamiyatda o‘z o‘rnini topib olishi va ijtimoiy ahvolini yaxshilab olishi uchun Kogon tumanidagi «Korona» xususiy korxonasiga ishga joylashtirilgan. 

Ammo, A.R. berilgan imkoniyatga ko‘z yumib, Buxoro viloyati Chag‘dara qishlog‘ida yashovchi Z.Z.ning uyiga bostirib kirib, undan pul va zargarlik buyumlarini talab qilib, pichoq bilan Z.Z. tanasining bir nechta joyiga jarohat yetkazadi. 

O‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holda, o‘ylagan maqsadini amalga oshira olmagan A.R., Z.Z.ning uyidan hech narsa ololmay voqea joyidan g‘oyib bo‘ladi. Jabrlanuvchi Z.Z. esa yetkazilgan tan jarohatlari sabab kasalxonaga yotqizilgan. 

Ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlari natijasida A.R. ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Mavzuga oid