Jamiyat | 00:15 / 08.06.2018
13320
2 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida maxsus tergov xonalar tashkil qilindi

Foto: Surxondaryo viloyati IIB Matbuot xizmati 

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi tergov boshqarmasida inson huquqlarini himoya qilish yo‘lida jahon standartlariga javob beradigan so‘roq jarayonlarini stenografiya qilish, videokuzatuv, shuningdek, tergov harakatlarini audio va video qayd etish tizimlari bilan jihozlangan maxsus tergov, voyaga yetmaganlarni so‘roq qilish va operator xonalaridan iborat kompleks, namunaviy maxsus tergov xonalar tashkil etildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Jumladan, Voyaga yetmaganlar xonasi zamonaviy uskunalar bilan jihozlanib barcha sharoitlarga ega bo‘ldi. Unda jinoyat ishida ishtirok etayotgan voyaga yetmaganlarni so‘roq qilish jarayonida pedagog, psixolog hamda voyaga yetmaganlarning qonuniy  vakillari ishtirok etishlari uchun qulay sharoitlar muhayyo etilgan.

Foto: Surxondaryo viloyati IIB Matbuot xizmati 

Bundan tashqari, gumondor shaxs voyaga yetmagan jabrlanuvchi yoki guvohlarning jinoyat ishi bo‘yicha yuzlashtirish jarayonida ham jahon tajribasini ko‘rish mumkin. Jumladan,  gumondor shaxs o‘ziga nisbatan ko‘rsatma berayotgan guvoh yoki jabrlanuvchining kimligini yuzma-yuz emas balki, alohida xonada o‘rnatilgan monitor orqali ko‘ra oladi. Guvohlar yoki jabrlanuvchilar gumondorni ko‘rmaydi. Sababi jinoyatga aloqador shaxsni yuzma-yuz ko‘rsa o‘ziga ruhiy va boshqa shunga o‘xshash nisbatlar ta'sir qilishi mamkin. Bu esa so‘roq jarayonini qiyinlashtirishiga olib keladi.  Xonalarda kuzatuv kameralari o‘rnatilgan bo‘lib, ushbu vazifalarni individual xonada joylashgan operator orqali amalga oshiriladi.

Foto: Surxondaryo viloyati IIB Matbuot xizmati 

Mavzuga oid