O‘zbekiston | 07:43 / 08.06.2018
18276
4 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda yangi davlat unitar korxonasi tashkil etilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sug‘oriladigan yerlarni shamol eroziyasiga hamda suv xo‘jaligi obektlarini qum bosishiga qarshi ihota daraxtzorlari barpo etish va rekonstruksiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan sug‘oriladigan yerlarni shamol eroziyasiga hamda suv xo‘jaligi obektlarini qum bosishiga qarshi ihota daraxtzorlari barpo etish va ularni rekonstruksiya qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi ikki oy muddatda “O‘rmonqurilish” davlat unitar korxonasini tashkil etadi va uning tashkiliy tuzilmasini, shtatlari ro‘yxatini va ustavini belgilangan tartibda tasdiqlaydi.

Quyidagilar “O‘rmonqurilish” DUKning asosiy vazifalari etib belgilandi:

sug‘oriladigan yerlarning shamol eroziyasiga hamda suv xo‘jaligi obektlarini qum bosishiga qarshi ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish ishlarida buyurtmachi vazifasini bajarish;

ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish ishlarining bosh pudratchilarini aniqlash bo‘yicha tanlov savdolarini o‘tkazish, tanlov savdolari natijalari bo‘yicha pudrat shartnomalarini tuzish, belgilangan tartibda texnik nazorat ishlarini amalga oshirish va ishlarni qabul qilish;

bajarilgan ish hajmlarini belgilangan tartibda pudratchilardan qabul qilish, ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha bajarilgan loyihalarni yerdan foydalanuvchilarga topshirish;

shahar va qishloq joylarda ko‘kalamzorlashtirish va landshaft dizayni bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish;

o‘rmon kardonlari, yo‘llari va boshqa o‘rmon xo‘jaligi obektlarini qurish;

o‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa faoliyatni amalga oshirish.

Quyidagilar “O‘rmonqurilish” DUK faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:

xo‘jalik faoliyatidan tushadigan mablag‘lar;
O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari;
grantlar va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.

Ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish loyihasi doirasida:

sug‘oriladigan yerlarning shamol eroziyasiga qarshi ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyiha tashabbuskori etib - O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, suv xo‘jaligi obektlarini qum bosishiga qarshi ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha - O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi;

“O‘rmonqurilish” DUK - buyurtmachi etib;

bosh loyiha va pudrat tashkiloti - tanlov savdolari yakunlari bo‘yicha belgilangan tartibda;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar - moliyalashtirish manbai etib belgilandi.

Mavzuga oid