Sport | 11:45 / 08.06.2018
4900
2 daqiqa o‘qiladi

«Vashington Kepitalz» o‘z tarixida ilk marotaba Stenli Kubogini qo‘lga kiritdi

Foto: AP Photo/John Locher

Shimoliy Amerikada eng nufuzli xokkey musobaqasi - Stenli Kubogi nihoyasiga yetdi.

Finalda «Vashington Kepitalz» va «Vegas Golden Nayts» klublari bellashdi. 

G‘olibni aniqlash uchun 5ta o‘yin o‘tkazildi. Ularning so‘nggisi poytaxtliklarning 4:3 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi. G‘oliblar safida gollardan birini rossiyalik Aleksandr Ovechkin urdi. Natijada, umumiy 4:1 hisobida zafar quchgan «Vashington» o‘z tarixida ilk marotaba Stenli Kubogini qo‘lga kiritdi.

Qayd qilish joizki, «Vashington Kepitalz» 1974 yili Milliy xokkey ligasiga qo‘shilgan va faqat bir marta, 1998 yili finalda o‘ynagan edi.

MXL
Stenli Kubogi
Final
Beshinchi o‘yin
Vegas – Vashington – 3:4 (0:0, 3:2, 0:2)
8 iyun, «T-Mobile Arena» 
Gollar:
0:1 – 26 Vrana (Kuznetsov, Uilson) 
1:1 – 29 Shmidt (Marshesso, Smit) 
1:2 – 30 Ovechkin (Karlson, Bekstrem) 
2:2 – 32 Perron (Miller, Tatar) 
3:2 – 39 Smit (Teodor, Tak) 
3:3 – 49 Smit-Pelli (Orpik) 
3:4 – 52 Eller (Burakovski, Konnolli) 
Umumiy hisob: 1:4

Mavzuga oid