Jamiyat | 14:57 / 09.06.2018
22667
1 daqiqa o‘qiladi

Oshxonadagi o‘zaro janjal o‘lim bilan yakunlandi

Illyustrativ foto/hibiny.com

7 iyun kuni Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida qotillik yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, shu tumanda yashovchi, oshxona ish yurituvchisi A.N. ish joyida mast holda bo‘lgan fuqaro F.R. bilan o‘zaro janjallashib, uni urib-tepib tanasini turli joylariga jarohat yetkazgan. 

Natijada F.R. kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. A.N. qo‘lga olingan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid