Jahon | 17:21 / 09.06.2018
9522
2 daqiqa o‘qiladi

Ukraina, Moldova va Gruziya yangi assambleyani tashkil etmoqda

Ukraina, Gruziya va Moldova parlamentlari rahbarlari Ukraina-Moldova-Gruziya Parlamentlararo assambleyasini tashkil etish haqida bayonot imzoladi. Kiyevda hujjatni imzolash marosimida Andrey Parubiy, Irakliy Kobaxidze va Andrian Kandu ishtirok etdi, deb xabar bermoqda Rada matbuot xizmati.

"Nizomlar va reglamentlarga ko‘ra, bu jarayon bir lahzalik emas, bu jarayon keyin har bir parlamentdan tasdiqlangan ishchi guruhlar tomonidan ma'qullanishi lozim, biroq Parlamentlararo assambleyani e'lon qilishga ilk qadam qo‘yildi. Men umid qilamanki, bizning Kishinyovda boshlangan, Ukrainada davom etayotgan yakuniy yig‘ilishimiz Tbilisi (Gruziya)da ham o‘tkaziladi. U yerda bu Parlamentlararo assambleya rasman tashkil etilgani ma'lum qilinadi. Ishonchim komilki, bu maydoncha bizga hamkorlik va o‘zaro aloqalar uchun ko‘proq yangi imkoniyatlar beradi", - deya aytib o‘tdi Parubiy.

Foto: twitter.com/verkhovna_rada

Uning eslatishicha, Ukraina Polsha va Litva bilan Parlamentlararo assambleyada shunga o‘xshash hamkorlik tajribasiga ega bo‘lib, uning doirasida ko‘plab ajoyib g‘oyalar paydo bo‘lgan, masalan, Marshal Rejasi g‘oyasi.

Foto: twitter.com/verkhovna_rada

"Menda orzu bor - biz baribir qachonlardir qo‘shma yig‘ilish uchun ikkita parlamentlararo assambleya bilan yig‘ilib, Boltiqbo‘yi-Qora dengiz kamari Yevropa qalqoni ekanini ko‘rsatamiz. U bugungi kunda sivilizatsiya qadriyatlarini himoya qilmoqda", - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Ukraina parlamenti spikeri.

Mavzuga oid