O‘zbekiston | 12:02 / 10.06.2018
8149
1 daqiqa o‘qiladi

YeXHT bosh kotibi yana O‘zbekistonga keladi

11 iyun kuni Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) Bosh kotibi Tomas Greminger boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bergan.

YeXHT delegatsiyasi «Terrorizmga olib keluvchi tajovuzkor ekstremizm va radikalizmning oldini olish hamda ularga qarshi kurashishda yoshlarning roli» mavzusidagi xalqaro konferensiya ishida ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, tashrif dasturidan Oliy Majlis Senati, Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va xalqaro tadqiqotlar institutida uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish o‘rin olgan.

Tomas Greminger 2017 yilning noyabrida ham O‘zbekistonga kelib, mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyev qabulida bo‘lgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid