2018 yilning 11 iyun kuni Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkiloti boş kotibi Tomas Greminger boşçiligidagi delegatsiya bilan uçraşdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.
T.Greminger va delegatsiyasi a'zolari YeXHT bilan ötkaziladigan «Terrorizmga olib keluvçi tajovuzkor ekstremizm va radikalizmning oldini oliş hamda ularga qarşi kuraşişda yoşlarning roli» mavzusidagi xalqaro konferensiya işida iştirok etiş uçun Özbekistonga kelgan.
TIVdagi suhbat davomida YeXHTning barça uç ölçamlarida hamkorlikni davom ettiriş va rivojlantirişdan tomonlar manfaatdor ekanligi tasdiqlandi.
Qayd etilganidek, amalga oşirilayotgan davlat hokimiyati va boşqaruvi tizimi islohoti, şuningdek, ularning fuqarolar bilan muloqotga oçiqligi Özbekistonni siyosiy rivojlanişning mutlaqo yangi darajaga olib çiqdi va YeXHT bilan hamkorlikni kengaytiriş uçun aniq imkoniyatlar yaratdi.
Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning BMT Boş Assambleyasi 72-sessiyasi minbarida bildirgan taşabbuslarini tatbiq etiş doirasida bugun Toşkent şahrida öz işini boşlayotgan xalqaro konferensiyaning mavzusi dolzarbligi ta'kidlandi. Bugungi kunda yoşlar insoniyatning ikki milliardli avlodi bölib, ertangi kunimiz, qolaversa sayyoramizning farovonligi ham ularga boğliq.
Uçraşuvda 26-27 mart kunlari Toşkent şahrida bölib ötgan Afğoniston böyiça xalqaro konferensiya yakunlari nuqtai-nazaridan mintaqaviy muammolar yuzasidan ham fikr almaşildi.
Muzokaralarda YeXHT loyihalarining Özbekistondagi koordinatori Jon MakGregor iştirok edi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkentdagi xalqaro konferensiyada tajovuzkor ekstremizm va radikalizmdan yoşlarni asraş muhokama etilgani xabar berilgandi.












