Jahon | 08:17 / 10.06.2018
18132
2 daqiqa o‘qiladi

Kim Chen In Tramp bilan uchrashish uchun Singapurga jo‘nadi – OAV

Foto: TASS

Shimoliy Koreya yetakchisi 10 iyun ertalab 12 iyunda AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvda ishtirok etish uchun Singapurga jo‘nadi. Bu haqda “Ryonxap” axborot agentligi xabar bermoqda

Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, Kim Chen In Xitoyning yuqori lavozimdagi mansabdor shaxslari parvozi uchun qo‘llanuvchi samolyot bortiga ko‘tarilgan. U mahalliy vaqt bilan soat 08.30da (Toshkent vaqti bilan soat 04.30) Pxenyan va Pekin o‘rtasida qatnovchi CA122 reysi bilan uchib ketgan.

Kim Chen In ushbu samolyot bortida ekanligi hali rasman tasdiqlanmagan. Biroq axborot agentligi manbalari Kim Chen In va Shimoliy Koreyaning boshqa mansabdor shaxslari Singapurga 10 iyunda yetib kelishlari mumkinligini aytgan.

Avvalroq Tramp Kanadadan Singapurga jo‘nagani ma'lum qilingandi. Ta'kidlanishicha, Singapur bosh vaziri Li Syanlun 10 va 11 iyun kunlari Tramp va Kim Chen In bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazadi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid