Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2 yoshli bolani o‘g‘irlab ketgan ayol bir zumda qo‘lga olindi

Kecha, 10 iyun kuni Toshkent shahar, Chilonzor tumanida yashovchi 2 yoshli Sarvarbek Ziyodullayevning yo‘qolganligi to‘g‘risida va bola o‘g‘irligida gumonlanayotgan ayol fotosurati keltirilgan ma'lumot barcha ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan edi.
Milliy gvardiyaning tezkor guruh yigitlarining say'-harakati natijasida qidiruv e'lon qilinganidan bir necha soatdan so‘ng soat 22:30da Sarvarbek o‘z ota-onasi bag‘riga qaytarildi. O‘g‘irlikka qo‘l urgan shaxs Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, “Oq tepa” mahallasida istiqomat qiluvchi 1974 yilda tug‘ilgan fuqaro G.S.Mirtolipova ekanligi aniqlandi. Aybdor Chilonzor tuman Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga topshirildi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati KUN.UZ’ga xabar bermoqda.
Bu kabi o‘g‘irliklarning issiq izidan tezkor ravishda fosh etilishi mamlakatimizda olib borilayotgan “Xavfsiz shahar – xavfsiz mamlakat” dasturi asosda ishlayotgan Milliy gvardiya va Ichki ishlar vazirligi hamkorligi yuqori bosqichga ko‘tarilganidan dalolat beradi.
Mavzuga oid
12:01 / 12.02.2026
Milliy gvardiyada ham bir guruh mulozimlar pensiyaga kuzatildi
09:23 / 12.02.2026
Toshkentda savdo majmuasi tomida tutun: evakuatsiya amalga oshirildi
11:50 / 29.01.2026
Chilonzorda ko‘prik ustida 4 ta avtomobil to‘qnashdi
17:33 / 28.01.2026