Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lavrov NATOning Afg‘onistondagi harakatlari tashvishga sabab bo‘layotganini aytdi
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning ma'lum qilishicha, Kollektiv xavfsizlik bo‘yicha shartnoma davlatlari NATO missiyasi a'zolari Afg‘oniston hududida har doim ham qonunan harakat qilmayotganidan tashvishda. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bergan.
«Barcha vazirlar Afg‘oniston bo‘yicha u yerdagi vaziyatni barqarorlashtirish lozimligi haqida gapirishdi. IShID a'zolari bu mamlakatga Suriya, Iroqdan kirib kelayotgani bo‘yicha tashvish bildirildi. Terrorchilar mamlakat shimolida - Afg‘oniston shimoliy viloyatlarida, ya'ni KXShT mas'uliyat hududiga bevosita yaqin hududda o‘zlariga platsdarmlar tashkil etayotgani juda tashvishlanarli», - deya aytib o‘tdi Lavrov.
Shuningdek, uning eslatishicha, Afg‘oniston viloyatlari gubernatorlari hech qanday belgisi bo‘lmagan vertolyotlar haqida bir necha marta ma'lum qilishgan. Ushbu vertolyotlar terrorchilik tashkilotlari jangarilari joylashgan tumanlarga yo‘l olgan.
«Bu bizni tashvishga solmoqda. Biz NATO missiyasi har doim ham qonunan harakat qilmayotganini ko‘rmoqdamiz», - deya qo‘shimcha qilib o‘tgan Lavrov.
Uning ta'kidlashicha, AQSh ro‘y berayotgan voqeani «bilishi aniq», sababi Afg‘oniston havo hududini nazorat qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘onistonda toliblar yana hujum qilgani, 15 harbiy halok bo‘lgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
14:26
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026