Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda uyni tortib olmoqchi bo‘lgan tovlamachilar ushlandi
Toshkent shahrining Chilonzor tumanida 10 iyun kuni IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2017 yil noyabr oyidan shu kungacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Naqqoshlik ko‘chasida yashovchi Sh.N. va shu ko‘chada yashovchi N.I. Novza-Qozirobod ko‘chasida yashovchi B.Sh.ga va uning oila a'zolariga zo‘rlik ishlatish yo‘li bilan tahdid qilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, bu shaxslar fuqarolardan yashayotgan uyini topshirishini talab qilib kelganlar va 2017 yil noyabr oyida N.I.ning uyiga B.Sh.ni chaqirib zo‘rlik ishlatgan holda undan go‘yoki uyini sotganligi va evaziga 30 ming AQSh dollari olganligi to‘g‘risida yozma tilxat olishganligi, agarda uyni bo‘shatib bermasa shu tilxat asosida jinoiy javobgarlikka tortib yuborish bilan qo‘rqitib, uyni ularga topshirishga majbur qilganlar ko‘rsatgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida Sh.N.va N.I. ushlangan.
Mavzuga oid
15:24
Tadbirkor Timur Musin Toshkentdagi “Palov muzeyi” va Caravan restoranlarini sotuvga qo‘ydi
14:12
Umumiy ovqatlanish tarmoqlari peshlavhalar olib tashlanayotgani bo‘yicha murojaat bilan chiqdi
20:15 / 17.04.2026
O‘zbekistonda qurilayotgan pulli yo‘llar. Narx nimaga qarab belgilanadi?
22:20 / 16.04.2026