Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
UzMobile abonentlari firibgarlarning ommaviy hujumiga uchradi
UzMobile milliy operatori abonentlari firibgarlarning spam-hujumiga uchradi. Kompaniya o‘z mijozlariga ogohlantirish bilan chiqdi.
«Hurmatli abonentlar! UzMobayl abonentlariga firibgarlik qo‘ng‘iroqlari yuz berayotgani munosabati bilan +882337111* va +881* prefiksiga ega noma'lum raqamlardan o‘tkazib yuborilgan qo‘ng‘iroqlar hamda SMSga javob qaytarmaslikni so‘raymiz», - deyiladi kompaniya tomonidan tarqatilgan xabarda.
Kompaniya SMS va qo‘ng‘iroqlarga ruxsat so‘raydigan mobil ilovalarni o‘rnatishda ehtiyotkor bo‘lishni so‘ragan.
Bunday holatlarda quyidagi sxema ko‘p qo‘llaniladi. Pullik qo‘ng‘iroqqa ega servislar bor, ko‘p paytlarda bu ko‘ngilochar servislar bo‘lib, ularda xizmatlar telefon orqali ko‘rsatiladi hamda qo‘ng‘iroqning o‘zi uchun qo‘shimcha to‘lov yechib olinadi. Bunday servislar reklamasi qo‘ng‘iroq pullik ekanidan xabardor qiladi.
Firibgarlar shunday servisni ro‘yxatdan o‘tkazadi va raqamni qo‘ng‘iroq uchun to‘lov yechib olinishi haqida ogohlantirmasdan tarqatadilar.
Mavzuga oid
23:08 / 23.02.2026
Ijtimoiy tarmoqlardagi «dipfeyk» firibgarliklar rekord darajaga yetdi
15:24 / 19.02.2026
Fuqarolar MyGov orqali bank kartalari va SIM-kartalari sonini ko‘ra oladi
14:03 / 19.02.2026
IIV akademiyasiga kiritib qo‘yishni va’da qilganlar ushlandi
15:21 / 14.02.2026