Ignatiy Nesterov 400-o‘yinni o‘tkazdi
«Lokomotiv» darvozaboni Ignatiy Nesterov O‘zbekiston chempionatlaridagi 400-o‘yinni o‘tkazdi, deb xabar beradi PFL.
Superliga 13-turi doirasidagi «Metallurg»ga qarshi kechgan bahs tajribali posbon uchun yubiley o‘yin sifatida tarixga kirdi.
17 yoshida debyut qilgan Ignatiy Nesterov 400lik marrani zabt etgan dastlabki darvozabonga aylandi. U 400 ta o‘yindan 215 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.
Ta'kidlash joizki, Ignatiy Nesterov hozirga qadar “Samarqand-Dinamo” (2001), “Paxtakor” (2002-2009), “Bunyodkor” (2009– 2013) jamoalari sharafini himoya qilgan. 2014 yildan boshlab esa “Lokomotiv” darvozasini qo‘riqlab kelmoqda.
Superliga 15-turidan o‘rin olgan “Lokomotiv” – OKMK o‘yinidan oldin Ignatiy Nesterovga PFL tomonidan maxsus esdalik sovg‘asi topshirildi.