Namangan klubi xabariga köra, Özbekiston milliy jamoasi sobiq darvozaboni Ignatiy Nesterov faoliyatini «Navbahor» klubida davom ettiradi. Superligada transfer oynasi yopilişiga bir kun vaqt qolganida 40 yoşli darvozabon bilan şartnoma imzolangani e’lon qilindi.
Ötgan mavsum Navoiyning «Qizilqum» klubi şarafini himoya qilgan Nesterov 2023 yilning birinçi qismida jamoasiz edi.
Şuningdek, Azimjon Ahmedov ham jonajon klubiga qaytdi. Namangan futboli tarbiyalanuvçisi bölmiş Azimjon ötgan mavsumlar davomida jamoa sardori sifatida töp surgan bölsa-da, yangi mavsum avvalida Yaypanning «Turon» klubi safiga qöşilgandi. Yarimhimoyaçi kelişuvni bekor qilib, 2-davra oldidan Samvel Babayan boşqaruvidagi jamoa bilan şartnoma imzolagan.

Ma’lumot uçun, «Navbahor» Superliga 14-turidagi «Qizilqum»ga qarşi öyini oldidan turnir jadvalida 29 oçko bilan 2-örinda bormoqda.

















