OFK Özbekiston milliy jamoasi darvozaboni Ignatiy Nesterovni 8 oyga futboldan çetlatgan. Bu haqda futbol mutaxassisi Alişer Nikimbayev özining telegram kanalida yozgan. Ma'lum bölişiça, Nesterovni 16 oyga çetlatişlari ham mumkin bölgan.

Diskvalifikatsiya muddati 13 fevraldan boşlab hisoblanadi va darvozabon 13 oktyabrdan boşlab öyinlarda qatnaşişi, 13 avgustdan esa biror klub bilan şartnoma imzolab, maşğulotlarni boşlaşi mumkin. Nesterov Osiyo kubogida Özbekiston milliy jamoasi safida körsatgan yorqin öyini sabab Saudiyaning «Uhud» jamoasidan taklif olgan va faoliyatini aynan şu jamoa safida davom ettirayotgandi.

«Uhud» safida öynayotgan vaqtda Nesterovning qonida doping aniqlangani bois u futboldan çetlatilgandi. Darvozabon vazn tuşiriş uçun qöllaniladigan taqiqlangan vositani Osiyo Kubogi vaqtida qabul qilgani aniqlangan. Ignatiy Nesterov Osiyo Kuboklarida eng köp – 5 marta qatnaşgan osiyolik yagona futbolçi hisoblanadi.