Doping sabab futboldan ma'lum muddat çetda qolgan Özbekiston milliy termasi posboni Ignatiy Nesterov yana 12 kundan keyin maşğulot boşlaşi mumkin. Bu haqda PFL boş direktorining sport işlari böyiça örinbosari Diyor Imomxöjayev ma'lum qildi.
Eslatib ötamiz, şu yil boşida bölib ötgan Osiyo kubogi vaqtida olingan tahlillar natijasida Nesterovning qonida taqiqlangan modda topilgani tufayli OFK uni 2019 yilning 12 oktabr sanasiga qadar futboldan çetlaştirgan edi.
«ÖzPFL 4 avgustdan 5 avgustga ötar keçasi yozgi transfer bozorini yopadi. Mazkur oraliqda Ignatiy Nesterov Superliga uçun röyxatdan ötkaziladi. Bu borada ÖFA OFK bilan boğlanib, barça masala reglamentga asosan hal qilinişi yuzasidan işladi», – deb yozadi Imomxöjayev şaxsiy Telegram-kanalida.
Uning ma'lum qilişiça, 36 yoşli posbon ayni vaqtda «Lokomotiv» qiziqiş doirasida bölib turibdi.
Qoidaga köra, futbolçi qaytiş sanasidan ikki oy muqaddam jamoaviy maşğulotlarga qöşiliş huquqiga ega. Agar u 12 oktabr kuni jamoasining qaydnomasiga kiritilsa, Superliganing 22-turidan boşlab maydonga tuşiş imkoniyatiga ega böladi.
Qöşimça qilinişiça, Nesterov JÇ-2022 saralaşining Falastin, Yaman, Singapurga qarşi öyinlarida iştirok eta olmaydi. Murabbiylar ştabi lozim topsa va öz formasini tez orada tiklab olsa, noyabr oyida bölib ötadigan guruhning markaziy öyini – Özbekiston-Saudiya Arabistoni uçraşuvida va Falastinga qarşi Toşkentdagi javob bahsida iştirok etişi mumkin.
Eslatib ötamiz, Ignatiy Nesterov 2014 yildan BAAdagi Osiyo kubogiga qadar «Lokomotiv» şarafini himoya qilgan, qit'a birinçiligidan keyin Saudiya Arabistonining «Uhud» jamoasiga ötgan edi. U faoliyati davomida «Bunyodkor», «Paxtakor» va Samarqandning «Dinamo» klublarida ham öynagan.
«Tribuna.uz» yanvar oyida 10 mingdan ortiq respondent iştirokida ötkazgan sörovnomada tajribali darvozabon Özbekiston milliy jamoasining Osiyo kubogidagi eng yaxşi futbolçisi deb topilgan edi.

















