Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident Farg‘onada investitsiya loyihalari bilan tanishdi
Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari bilan tanishdi.
Farg‘ona viloyatida xorijiy sarmoyalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb qilishga qaratilgan investitsiyaviy xab tashkil etilmoqda. Xorijdagi doimiy ofislar, birodarlashgan shaharlar va yurtimizdagi chet ellik ishbilarmonlar orqali bu xabga 161 million dollardan ortiq investitsiya olib kelish rejalashtirilmoqda. Ushbu mablag‘ni yangi korxonalar ochish va mavjudlarini modernizatsiya qilishga yo‘naltirib, 2 ming 700 dan ortiq ish o‘rni yaratish mo‘ljallanmoqda. Shuningdek, mazkur investitsiyaviy xab viloyatdagi erkin iqtisodiy zonalar va innovatsion markazlar bilan ham ishlaydi.
«Prezident bu tizimni takomillashtirish, bunday xablarni boshqa hududlarda ham tashkil etish, iqtisodiy barqaror korxonalarni ko‘paytirish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi», deyilgan matbuot xizmati xabarida.
Shu yerda Farg‘ona viloyatidagi sanoat korxonalariga investitsiya jalb etish, bo‘sh turgan binolardan samarali foydalanish, yoshlarning innovatsion ishlanmalarini qo‘llab-quvvatlashga oid loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.


Mavzuga oid
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
16:15 / 23.05.2026
“Maqsad sari” shina tortgan bola: uning otasiga chora ko‘rilishi mumkin
08:24 / 20.05.2026
Farg‘ona va Namanganda yirik miqdordagi narkotik moddalar musodara qilindi
11:41 / 19.05.2026