Jamiyat | 00:31 / 12.06.2018
11213
3 daqiqa o‘qiladi

Sergeli tuman hokimi tadbirkorlarga va'da berdi

Sergeli tumanida buzilayotgan yarmarka haqida avval ham xabar bergan edik. Sergeli tumani hokimi Nozim Husanov 11 iyun kuni ushbu masala yuzasidan tadbirkorlar bilan yig‘ilish o‘tkazdi. Ushbu yig‘ilishda masala so‘nggi nuqtaga yetib kelgandek, go‘yo...

Yig‘ilishda avval hokim o‘zini va birga ishtirok etayotgan tuman prokurori, ichki ishlar rahbari va boshqa mutasaddi hodimlarini tadbirkorlarga tanishtirdi. So‘ngra darrov maqsadga o‘tildi. Tadbirkorlarga buzilgan joylari o‘rniga yangi, zamonaviy ko‘rinishdagi bir nechta taklif va tanlovlar ko‘rsatildi (powerpoint usulidagi slaydlar orqali). Ko‘pchilik tomonidan 2 qavatli bino ko‘rinishida qurilish olib borilishi ma'qullandi.

Foto: Sergeli tuman hokimiyati

Shundan so‘ng, bu takliflar bo‘yicha ba'zi tadbirkorlar o‘z fikrlarini bildirdilar. Xususan, yarmarkada uzoq yillardan beri faoliyat yuritayotgan fuqarolardan biri yarmarkani aholining holatini hisobga olib qurish taklifini berdi. 

Foto: Sergeli tuman hokimiyati

“Avval buzilgan joyda tadbirkorlar uchun joy masalasini hal qilaylik. Tadbirkorlarga yer maydoni beramiz. 2 qavatli binoda kimlar bo‘lishini, tashqari hududda kimlar bo‘lishini o‘zlari hal qilishadi. Bo‘lg‘usi yarmarka mas'uliyati cheklangan jamiyat tarzida tashkil etiladi. Bu bo‘yicha amaliy yordamga tayyormiz. O‘zinglar tuzgan ro‘yxat asosida qaror tayyorlab, yer beramiz”, deya hokim ko‘pchilik oldida va'da berdi.

Foto: Sergeli tuman hokimiyati

Boshlangan ishni xayrli bo‘lishini tilab, keksalar duolar qilishdi. Hokim va tadbirkorlar o‘rtasidagi ushbu muzokara ijobiy yakunlandi. Hokimning tadbirkorlarga bergan va'dasini ustidan chiqishini esa vaqt ko‘rsatadi. KUN.UZ voqealar rivojini kuzatib boradi.

Зафар Солижонов
Tayyorlagan Зафар Солижонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid