Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp KXDRdagi raketa poligoni buzib tashlanganini tasdiqladi
AQSh prezidenti Donald Trampning ma'lum qilishicha, Shimoliy Koreya rahbariyati raketa dvigatellarini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha poligonni buzib tashladi hamda u yerda sinovdan o‘tkazilgan raketalarni yaqin vaqt ichida yo‘q qilib tashlaydi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.
«Rais Kim menga Shimoliy Koreya raketalar uchun dvigatellarni sinovdan o‘tkazish bo‘yicha eng yirik poligonni buzib tashlagani haqida xabar berdi», - deya aytib o‘tgan Tramp.
U KXDR yetakchisi bilan sammit yakunlari bo‘yicha tashkil etilgan matbuot anjumani vaqtida shunday bayonot bergan.
«Bu katta ish. U yerda sinovdan o‘tkazilgan raketalar ham yaqin vaqt ichida yo‘q qilib tashlanadi», - deya qayd etib o‘tgan AQSh prezidenti.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bundan kelishuvga qo‘shma bayonot imzolanganidan so‘ng erishilgan, shuning uchun hujjatda tegishli ma'lumot yo‘qdir.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp va Kim Chen In imzolagan hujjat surati paydo bo‘lgandi.
Mavzuga oid
20:27 / 09.06.2026
Si Jinping Pxenyanda: Xitoy va KXDR munosabatlarni «yangi cho‘qqilar»ga olib chiqmoqda
09:45 / 09.06.2026
Sud Trampning viza siyosatiga qarshi qaror chiqardi
10:45 / 08.06.2026
Tramp Eron bo‘yicha yangi shartlarni ochiqladi
09:30 / 08.06.2026