Jahon | 14:19 / 12.06.2018
5272
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Koreya yarim oroli yaqinidagi harbiy mashqlarni to‘xtatishga va'da berdi

Foto: AP

AQSh prezidenti Donald Trampning ma'lum qilishicha, Vashington Koreya yarim oroli yaqinida Janubiy Koreya bilan birgalikdagi harbiy mashqlardan voz kechadi. Biroq, u bu boradagi aniq muddatlarni aytmagan. Tramp bu haqda Singapurdagi sammit yakunlari bo‘yicha tashkil etilgan matbuot anjumani davomida ma'lum qildi, deb xabar bermoqda CNN.

Qo‘shma Shtatlar prezidenti «harbiy o‘yinlarni» to‘xtatish niyatida ekanini bildirgan.

«Men bizning askarlarimiz qaytib kelishini xohlayman. Men ular uyga qaytishlarini istayman. Biroq, bu hozircha bizning vazifamiz bir qismi emas. Umid qilamanki, bu qachonlardir ro‘y beradi», - dedi Tramp.

Seshanba, 12 iyun kuni, Singapurda AQSh - Shimoliy Koreya sammiti bo‘lib o‘tdi. Davlatlar yetakchilari Sentos orolidagi «Kapella» mehmonxonasida yakuniy hujjatni imzolashdi, uni Tramp va Kim Chen In «atroflicha», deb atadi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp va Kim Chen In imzolagan hujjat surati paydo bo‘lgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid