Tramp Singapurdan jo‘nab ketish vaqtini o‘zgartirdi - Bloomberg
AQSh prezidenti Donald Tramp Singapurdan ketish vaqtini o‘zgartirishga qaror qildi. Bu haqda Bloomberg vaziyatdan xabardor amaldorlarga asosan xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, Qo‘shma Shtatlar yetakchisi Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In bilan muvaffaqiyatli muzokaralar yuz beradigan bo‘lsa, yana ozgina vaqt qolmoqchi edi, biroq KXDR yetakchisining Singapurdan qachon ketishi aniq bo‘lgach, bu boradagi o‘z qarorini o‘zgartirgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Tramp soat 19:00 (Toshkent vaqti bilan 16:00)da, Kim Chen In esa 16:00 (Toshkent vaqti bilan 13:00)da jo‘nab ketadi.
Avvalroq, Tramp Singapur havosidan zavqlanib ketgani xabar qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, biroz avval Tramp Kim Chen In bilan uchrashgani xabar berildi.
Mavzuga oid
16:17 / 04.10.2024
Yarim asrda birinchi marta: Singapurda sobiq vazir pora olgani uchun qamaldi
21:03 / 31.08.2024
Singapurda erkak xotini bilan ajrashish uchun uning mashinasiga kannabis tashlab qo‘ygani aniqlandi
14:02 / 24.08.2024
Singapur kompaniyasi O‘zbekistonga to‘g‘ridan to‘g‘ri charter reyslarini amalga oshirmoqchi
09:21 / 25.07.2024