Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya Trampning so‘zlaridan tashvishga tushdi
Yaponiya Mudofaa vazirligi fikricha, Qo‘shma Shtatlar va Janubiy Koreya qo‘shinlari qo‘shma mashqlarining ehtimoliy bekor qilinishi mintaqa xavfsizligi uchun tahdid sanaladi. Bu haqda Kyodo agentligi xabar bermoqda.
«Amerika-Koreya mashqlari va Koreyadagi AQSh kuchlari Sharqiy Osiyodagi xavfsizlikni ta'minlashda muhim o‘rin tutadi», - deya ma'lum qildi Yaponiya Mudofaa vazirligi rahbari Itsunori Onodera.
Avvalroq, Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp Koreya yarim oroli yaqinidagi harbiy mashqlarni to‘xtatishga va'da bergandi. Amerika yetakchisining ma'lum qilishicha, Pxenyan va Vashington munosabatlari yaxshilanayotgani fonida «harbiy o‘yinlarni» davom ettirish niyatida emas.
Koreya yarim orolida may oyi o‘rtalarida kuzatilgan harbiy mashqlar KXDRning tajovuzkor bayonotlari tiklanishiga sabab bo‘ldi. Shuningdek, aynan ular tufayli Shimoliy Koreya hukumati Janubiy Koreya vakillari bilan uchrashuvni bekor qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Kim Chen In bilan uchrashuvga baho bergandi.
Mavzuga oid
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026