AQŞ prezidenti Donald Trampning ma'lum qilişiça, Singapurga Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In bilan uçraşiş maqsadida «haqiqatdan ham ajoyib» taşrifni amalga oşirgan. Bu haqda u tvitterdagi sahifasida yozdi.

«Şimoliy Koreyani yadrosizlantiriş böyiça juda katta özgarişga erişildi», - deya yozgan Tramp.

Şuningdek, uning ma'lum qilişiça, KXDR hukumati Şimoliy Koreyada saqlangan asirlarni öz yurtiga qöyib yuboriş haqida qaror qabul qilgan.

Trampning sözlariga köra, Kim Çen In öz davlati uçun «ajoyib narsalarni» xohlamoqda. Prezident qöşimça qilişiça, Şimoliy Koreya yetakçisi jasurdir, çunki faqat şunday insonlargina uruşni yakunlaş haqida qaror qabul qilişi mumkin.

Eslatib ötamiz, avvalroq Tramp va Kim Çen In bir-birining taklifiga rozi bölgani xabar berilgandi.