Jahon | 18:33 / 13.06.2018
21927
2 daqiqa o‘qiladi

Lavrov: Kim Chen In Trampning va'dalariga ishondi

Foto: Getty Images

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning ma'lum qilishicha, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In, katta ehtimol bilan, AQSh prezidenti Donald Trampning KXDRga yadrosizlanish evaziga xavfsizlik kafolatlari taqdim etish bo‘yicha va'dalarini ishonchli, deb topgan.

«Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Tramp bilan uchrashuv yakunlari bo‘yicha bu boradagi va'dalarni ishonchli, deb qabul qilgani muhim. Bu jarayon yakunida Shimoliy Koreya xavfsizlik kafolatlarini oladi, jarayon esa yadrosizlanish haqida ketmoqda. Xavfsizlik kafolatlari - moslashgan va asta-sekin bo‘lishi kerak», - dedi Lavrov.

Shuningdek, uning ta'kidlashicha, imzolangan hujjat hadli xarakterga ega va yadroviy salohiyatga aloqador muammolar bo‘yicha detallarni muvofiqlashtirish uchun «juda ko‘p vaqt» talab etiladi. U muzokarachilarning «bunga sabri yetishiga» umid qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kreml Tramp va Kim Chen In uchrashuviga munosabat bildirgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid