Makedoniya yangi nom oldi
Makedoniya Gretsiya bilan o‘z nomini o‘zgartirish bo‘yicha kelishuvga keldi.
Ko‘p yillik noroziliklar va muzokaralardan keyin ikki davlat bosh vazirlari Aleksis Tsipras va Zoran Zayev bir to‘xtamga keldilar. Ta'kidlanishicha, tegishli hujjatlar imzolangandan keyin Makedoniya Shimoliy Makedoniya Respublikasi deb atala boshlanadi. Uning milliy tili makedon tili, fuqarolari esa makedoniyaliklar deb ataladi.
Makedoniyaning yangi nomi ham xalqaro, ham ikki tomonlama darajada qo‘llanadi, shu sababli bu nomga qolgan davlatlar ham ko‘nikishlariga to‘g‘ri keladi.
Endi hujjatlarni ikki davlat hukumati tasdiqlashi lozim. Shundan keyin Makedoniya Yevropa ittifoqi va NATOga kirishga da'vogarlik qilish huquqini oladi. Shu vaqtgacha ushbu masala bo‘yicha muzokaralar Gretsiya tomonidan bloklab kelingandi.
Makedoniyaning nomlanishi bo‘yicha Gretsiya bilan bahs uning Yugoslaviyadan ajralib chiqqanidan keyin vujudga kelgan. Gretsiyada shunday nomdagi viloyat bo‘lgani sababli, Afina Makedoniyaning bu nomini tan olmagan.
Muzokaralar vaqtida shuningdek Yuqori Makedoniya va Yangi Makedoniya nomlari ham taklif qilingan.
Mavzuga oid
18:20 / 14.09.2024
Ishchi kuchi kamaydi: Gretsiya demografik falokatga yuz tutmoqda
00:16 / 04.09.2024
Gretsiyada bundan 45 yil oldin cho‘kib ketgan qishloq qurg‘oqchilik sabab yana paydo bo‘ldi
18:32 / 29.08.2024
Gretsiyada mashhur sayyohlik porti yuz minglab o‘lik baliqlar bilan to‘ldi
07:37 / 12.08.2024