Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Bu davlat siyosatiga xiyonat». Prezident Yoshlar Ittifoqi raisini qattiq tanqid qildi
12 iyun kuni Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumani hokimligida prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida viloyat faollarining videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Videoselektor davomida prezident to‘y kortejini to‘xtatib, kelin-kuyovni taksiga o‘tqazib yuborgan Yoshlar ittifoqi raisi Qahramon Quronboyevni keskin tanqid qilgan va uni prezidentning so‘zlarini noto‘g‘ri talqin qilishda ayblagan.
«Yoshlar bilan ishlashda faqat quruq gap, majlisbozlik, to‘y kortejini to‘xtatish qilinmoqda. Boshqa narsani bilmaydi. Bu ishlar siyosatga xiyonat. Bilasizlarmi, to‘yni to‘xtatishdan oldin to‘y ma'naviyatini ota-onasiga tushuntirish kerak. Qo‘lingdan kelmasa, prezident maslahatchisi, o‘rningni bo‘shatib qo‘y», deya prezidentning so‘zlarini keltirmoqda «Kun.uz» muxbiri.
Prezident Quronboyev bilan bog‘liq vaziyatni ko‘rib chiqishga ko‘rsatma bergan.
Mavzuga oid
15:36 / 27.12.2025
“8,5 trillionning hammasi dastur bo‘yicha ishlatiladi” – Qahramon Quronboyev
18:54 / 08.09.2025
«Yangi avlod» maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘i tashkil etiladi
13:16 / 06.09.2025
Fuqarolardan 30 turdagi hujjatlarni talab etish bekor qilinadi
22:12 / 05.09.2025