Jahon | 17:59 / 13.06.2018
7996
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya: NATOning sharqiy yo‘nalishdagi rejalari hisobga olinadi

Foto: AFP / Thierry Charlier

Rossiya tomoni NATOning sharqiy yo‘nalish bo‘yicha rejalarini hisobga oladi, deya ma'lum qildi RF tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksandr Grushko.

«Albatta. Biz hammasini diqqatlik bilan kuzatmoqdamiz, alyansning sharqiy frontdagi rejalari bo‘yicha bizning baholarimiz yaxshi ma'lum», - dedi Grushko.

Xususan, uning ta'kidlashicha, Rossiya, kerak bo‘ladigan bo‘lsa, mamlakat xavfsizligi va mudofaa imkoniyatlarini kafolatlashi mumkin bo‘lgan barcha harbiy-texnik choralarni ko‘rishga tayyor.

«Bu yerda hech qanday ikkilanish bo‘lishi mumkin emas. Ishonchim komilki, NATOdagilar biz hammasini diqqatlik bilan kuzatayotganimiz, alyans harbiy qurilishi jarayoni rivojiga e'tibor bilan qarab turganimizni yaxshi tushunib turibdi», - deya ta'kidlab o‘tdi Grushko.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov NATOning Afg‘onistondagi harakatlari tashvishga sabab bo‘layotganini aytgandi

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid