Jahon | 09:05 / 13.06.2018
11792
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Kim Chen In bilan uchrashuvga baho berdi

Foto: AFP/ SAUL LOEB

AQSh prezidenti Donald Trampning ma'lum qilishicha, Singapurga Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashish maqsadida «haqiqatdan ham ajoyib» tashrifni amalga oshirgan. Bu haqda u tvitterdagi sahifasida yozdi.

«Shimoliy Koreyani yadrosizlantirish bo‘yicha juda katta o‘zgarishga erishildi», - deya yozgan Tramp.

Shuningdek, uning ma'lum qilishicha, KXDR hukumati Shimoliy Koreyada saqlangan asirlarni o‘z yurtiga qo‘yib yuborish haqida qaror qabul qilgan.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, Kim Chen In o‘z davlati uchun «ajoyib narsalarni» xohlamoqda. Prezident qo‘shimcha qilishicha, Shimoliy Koreya yetakchisi jasurdir, chunki faqat shunday insonlargina urushni yakunlash haqida qaror qabul qilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp va Kim Chen In bir-birining taklifiga rozi bo‘lgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid