Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh va Janubiy Koreyaning harbiy mashg‘ulotlari noma'lum muddatga qoldirildi – OAV
Foto : U.S. Navy / MCS 3rd Class Casey J. Hopkins
AQSh va Janubiy Koreyaning harbiy mashg‘ulotlari “noma'lum muddatga qoldirildi”, deb ma'lum qildi amerikalik mansabdor shaxsga iqtibos keltirgan holda “Frans Press” axborot agentligi.
“Koreya yarimorolidagi yirik harbiy mashg‘ulotlar noma'lum muddatga qoldirildi”, deb aytgan manba.
Bu xabar AQSh-KXDR sammiti yakunlariga ko‘ra AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington Pxenyan bilan muzokaralar to‘g‘ri yo‘nalishda ketguncha AQSh-Janubiy Koreya harbiy mashg‘ulotlarini o‘tkazmasligini aytgandan keyin tarqalgan. Trampning aytishicha, bu katta mablag‘ni tejashga imkon beradi.
Biroq Trampning so‘zlari Yaponiya va Janubiy Koreyada taajjub uyg‘otgan, Pentagon esa dastlab mashg‘ulotlar to‘xtatilishidan bexabarligini aytgan.
Mavzuga oid
20:51 / 07.03.2026
Tramp Eronning «yomon xulqi» tufayli yangi nishonlarga «juda kuchli» zarbalar berilishini aytdi
20:26 / 07.03.2026
AQSh Eronni neft daromadlaridan mahrum qilmoqchi
18:05 / 07.03.2026
Eron prezidenti hujumga uchragan qo‘shni davlatlardan uzr so‘radi
15:23 / 07.03.2026