Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BelAZ O‘zbekistonga qariyb 200ta og‘ir ag‘darma mashina yetkazib beradi
BelAZ 2023 yilgacha O‘zbekistonga qariyb 200 ta og‘ir ag‘darma mashina yetkazib beradi. Bu haqida BelAZ OAJ bosh direktori Pyotr Parxomchik ma'lum qildi, deb yozmoqda “Xalq so‘zi”.
Yaqinda O‘zbekiston tomoni bilan mazkur texnika vositalarini 2020-2023 yillar ichida yetkazib berish masalasi muhokama qilingan.
“Qariyb 200 ta og‘ir samosval O‘zbekistonga yetkazib beriladi, - dedi u. – Ilgari imzolangan shartnomaga ko‘ra esa 2017 -2018 yillar davomida BelAZ O‘zbekistonga 260 ta og‘ir karer ag‘darma mashinasini yuborishi kerak. Mazkur kelishuv qariyb 70 foiz bajarildi. O‘tgan yili 106 dona, joriy yil besh oyida 64 dona.
Belarus savdo-sanoat palatasi raisi Vladimir Ulaxovichning ma'lum qilishicha, ushbu davlat kompaniyalari O‘zbekistonda, jumladan, qo‘shma korxonalar tuzish sohasida ham muvaffaqiyatli ishlayapti. Ayni paytda tomonlar o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnik va turizm bo‘yicha hamkorlik qilish jabhasida 11 ta kelishuv loyihasi ustida ish olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:00 / 11.02.2026
Ikkinchi qo‘l mashina: qaysi brend kamroq buziladi?
12:03 / 31.10.2025
Toyota yangi IMV Origin modelini taqdim etdi: bu mashinani har kim o‘zi yig‘adi
12:07 / 22.09.2025
O‘zbekistonga olib kiriladigan mashinalarni ekologik sertifikatlash bekor qilinadi
11:42 / 03.07.2025