Jahon | 08:58 / 14.06.2018
19360
1 daqiqa o‘qiladi

Kim Chen In Singapurdagi sammitdan so‘ng darhol KXDRga yetib borgan

Foto: REUTERS

KXDR yetakchisi Kim Chen In Singapurdagi sammit yakunlanganidan so‘ng darhol Pxenyanga qaytib kelgan. Bu haqda Shimoliy Koreya Markaziy telegraf agentligi xabar qilmoqda.

Reuters’ning yozishicha, Kim Chen In AQSh prezidenti Donald Tramp bilan muzokaralardan so‘ng Xitoyga jo‘nab ketishi, u yerda XXR raisi Si Tszinpin bilan yakunlarni muhokama qilishi kutilgandi. 

Biroq, Markaziy telegraf agentligi xabariga ko‘ra, Kim Chen In Pxenyanga chorshanba, 13 iyun kuni, soat 07.00da yetib kelgan. Shu bilan birga, ta'kidlanishicha, Singapur aeroportida uni mamlakatning yuqori mansabli amaldorlari kuzatib qo‘ygan bo‘lsa, Shimoliy Koreya poytaxtida partiya rahbarlari kutib olgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Koreya OAV Singapur sammitini KXDR «buyuk g‘alabasi» deb atagandi

Mavzuga oid