09:10 / 14.06.2018
20103

Nigeriyalik o‘z otasini hashamatli yo‘ltanlamasda dafn etdi

Azubuike ismli nigeriyalik otasini tobut o‘rniga hashamatli yo‘ltanlamasda dafn etdi. Bu haqda The Daily Mail nashri xabar berdi. 

Foto: Jamie Pyatt/News Ltd 

Boyvachcha o‘g‘il bu maqsadda 66 ming funt sterlingga yangi BMW sotib olgan. Ta'kidlanishicha, u otasi hayotligida unga tezkor avtomobil sovg‘a qilishga va'da bergan, biroq bunga ulgurmagan. Shu sababli u otasi xotirasini shunday yod etishga qaror qilgan. 

Dafn marosimidagi suratlar ommalashib ketgan va ijtimoiy tarmoqlar orqali jadal tarqalgan: ko‘plab foydalanuvchilar bunday holatni birinchi bor ko‘rayotganlarini aytishgan. Biroq ba'zilar pullarning bunday behuda sarflanishini tanqid qilishgan. Ularning fikricha, bu pullarni foydaliroq sarflash mumkin edi. “Agar yaxshi pul topsangiz, ota-onangiz tirikligida ularga mashina olib bering va ularni durust tobutda dafn qiling. Bu esa shunchaki maqtanchoqlik”, deb aytgan nigeriyalik foydalanuvchilardan biri. Boshqalar esa Azubuikeni “aqldan ozgan xudbin” deb atashgan. 

Shunga o‘xshash voqea yaqinda Xitoyda yuz bergandi. Marhumning yaqinlari uning oxirgi istagini bajo keltirishga qaror qilib, uning jasadini sevimli mashinasi – kumushrang Hyundai Sonata mashinasi ichiga joylashtirib, mashinani ekskavator yordamida qabrga tushirib, dafn qilishgandi.

Mavzuga oid
Top