Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Suriya hukumatini ogohlantirdi
Foto: AP
AQSh Suriya hukumatini mamlakat janubi-g‘arbidagi keskinlikdan xoli hududga harbiy hujum qilmaslik haqida ogohlantirdi va Rossiyani Damashqqa bunday zonani saqlab qolish uchun ta'sir ko‘rsatishga chaqirdi.
«Qo‘shma Shtatlar Suriya hukumatining mamlakat janubi-g‘arbidagi keskinlikdan xoli hududda harbiy amaliyotlar o‘tkazish bo‘yicha xabarlaridan tashvishda. Bunday hudud AQSh, Iordaniya va Rossiya o‘rtasida o‘tgan yili muvofiqlashtirib olingandi hamda prezidentlar (Donald) Tramp va (Vladimir) Putin tomonidan noyabrda Vetnamning Danangida tasdiqlandi», - deyiladi xabarda.
Davlat departamentidan qo‘shimcha qilishlaricha, Suriya hukumatining janubi-g‘arbiy hududdagi keskinlikdan xoli zonaga qarshi istalgan harbiy harakatlari mojaro yanada kengayishiga olib kelishi mumkin.
«Biz yana bir bor shuni tasdiqlaymizki, AQSh Suriya hukumati bu sohada buzilishlarga yo‘l qo‘ysa, qat'iy hamda tegishli javob choralarini qo‘llaydi», - deya qo‘shimcha qilib o‘tishgan idoradan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Rossiyaning Suriyaga aloqador navbatdagi yolg‘oni haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
23:36 / 29.04.2026
AQShda «opium epidemiyasi»ga sabab bo‘lgan farmatsevtika kompaniyasi yopiladi
21:33 / 29.04.2026
Oq uy prezident Trampni «qirol» deb atadi
21:02 / 29.04.2026
AQSh grin-karta va fuqarolik arizalari uchun tekshiruvni keskin kuchaytirdi
19:05 / 29.04.2026