Suriyada amerikalik harbiylar iştirokida fitna tayyorlanayotgani haqidagi ma'lumot haqiqatga zid. Bu haqda AQŞ Davlat departamenti rasmiy vakili Xizer Nauert ma'lum qildi.
Avvalroq, Rossiya Mudofaa vazirligi AQŞ koalitsiyasi Suriyada yangi aviazarbaga tayyorgarlik körayotgani haqida xabar bergandi. Bunga kimyoviy moddalardan foydalaniş töğrisidagi sahnalaştirilgan rolik sabab bölgan. Mahkama ma'lumotlariga köra, fitna amerikalik harbiylar kömagi bilan «Suriya ozodlik armiyasi» kuçlari tomonidan tayyorlanmoqda.
«Rossiya Mudofaa vazirligi AQŞ va «Suriya ozodlik armiyasi» kuçlari Suriyada sahnalaştirilgan kimyoviy hujumga tayyorgarlik körayotgani haqida yolğon bayonotlar bermoqda», - deya yozgan Nauert tvitterda.
Uning sözlariga köra, Qöşma Ştatlar Kimyoviy qurolni taqiqlaş töğrisidagi konvensiyaga amal qilmoqda, Rossiya esa «Solsberida zaharlovçi moddadan foydalandi va Suriya prezidenti Başar Asadni Suriyadagi muntazam kimyoviy hujumlar böyiça ayblovlardan himoya qilmoqda».
Eslatib ötamiz, avvalroq Suriyaga aviazarbalar natijasida 44 kişi halok bölgani, Rossiya bunga aloqador ekanini rad etayotgani haqida xabar berilgandi.












