Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an yana BMT Xavfsizlik kengashini isloh etishga chaqirdi
Foto: Anadolu
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an yana BMT tuzilmasini isloh etishga chaqirdi. U Xavfsizlik kengashi shakllanishini adolatsiz tizim, deb atagan.
"Jahon hamjamiyati taqdiri Xavfsizlik kengashining beshta doimiy a'zosi qo‘lida ekani tushunarsiz bir holat", - deya ma'lum qilgan Erdo‘g‘an. U Istanbuldagi saylovoldi mitingida shunday bayonot berdi, deb xabar qilmoqda Anadolu.
Turkiya yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, jahondagi barcha mamlakatlar BMT Xavfsizlik kengashi ishida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim. Turkiya prezidentining qo‘shimcha qilishicha, BMT faoliyatidagi muammolar tashkilotga aniq muammolarga yechim topish imkoniyatini bermayapti, jumladan, “Isroil tomonidan Falastinning bosib olingan yerlarida terror siyosatiga” ham.
Mavzuga oid
11:48
O‘zbekistonlik 5 yoshli bemor qiz Turkiyadan olib kelindi
12:30 / 06.03.2026
NATO Eron xavfi ortidan raketaga qarshi mudofaani kuchaytiradi
15:11 / 05.03.2026
Behzod Hamroyev BMT komissiyasi sessiyasi raisi o‘rinbosari etib saylandi
21:00 / 04.03.2026