Jamiyat | 08:27 / 15.06.2018
13826
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda 68 yoshli erkak janjalga bosh bo‘ldi

Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida jinoyat yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, 11 iyun kuni Chiroqchi tumanida yashovchi 68 yoshli A.J. va uning o‘g‘li N.J.lar Qo‘ng‘irobod mahallasi hududida shu mahallada yashovchi G‘.Q. va birga yashovchi jiyani J.Q.lar bilan o‘zaro janjallashib, bir-birlarini urib, tan jarohati yetkazganlar. 

Janjal oqibatida G‘.Q. va N.J. olgan jarohatlari tufayli kasalxonaga yotqizilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryolik aldangan ayol IIV yordamida Turkiyadan olib kelingani xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid