Özbekiston Respublikasi IIV Terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraşiş boş boşqarmasining Odam savdosiga va noqonuniy migratsiyaga qarşi kuraşiş boşqarmasi bergan ma'lumotga köra, joriy yilning 7 iyun kuni Toşkent xalqaro aeroportida Qaşqadaryo viloyatining Şahrisabz tumanida yaşovçi ayol yaqinlari tomonidan kutib olingan.
U şu yilning 28 aprel kuni hozirda huquqni muhofaza qiluvçi idoralar tomonidan şaxsi aniqlanayotgan Çaros ismli tanişining Turkiya davlatida enagalik qiliş va buning evaziga katta miqdorda oylik maoş oliş töğrisidagi yolğon va'dasiga işonib, Turkiya davlatining Istanbul şahriga ketgan, deb xabar bermoqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi.
Istanbulda uni Çarosning singlisi Yulduz ismli ayol kutib olganligini va Komilbey ismli turk fuqarosiga olib borib, hujjatlari bilan birga topşirib yuborganini ma'lum qilgan. Natijada uni oğir şaroitga solib, hujjatlarini olib qöyib, majburiy mehnatga jalb qilganlar. Bunday şaroitlarga çiday olmagan va aldanganligini payqagan ayol u yerdan qoçib, köçada qolib ketadi.
Ayolning holati yuzasidan olingan ma'lumot asosida, Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Taşqi işlar vazirligi bilan hamkorlikda olib borgan işlari natijasida jabrlangan ayol Özbekistonga qaytarildi.











