Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya qiruvchilari yo‘lovchi samolyoti bilan to‘qnashib ketishiga bir baxya qoldi
Yaponiya harbiy-havo kuchlarining ikkita F15 qiruvchisi qo‘nishga chog‘lanayotgan yo‘lovchi samolyoti bilan to‘qnashib ketishiga bir baxya qoldi. Bu haqda «Kiodo» agentligi xabar bermoqda.
Hodisa 16 iyun kuni Okinava orolidagi Naxa shahri aeroportida yuz bergan. Birinchi qiruvchi uchuvchisi uchish-qo‘nish yo‘lagiga qarab harakatlanishni taqiqlagan dispetcher ovozini eshitmagan. F-15 yo‘lakka chiqqanida esa, 300 metrlik balandlikda parvoz qilayotgan yo‘lovchi samolyoti qo‘nishga chog‘lanayotgan edi.
Shunda dispetcher fuqarolik layneri uchuvchilariga qo‘nishni taqiqlaydi. Oradan bir qancha vaqt o‘tib, har ikki qiruvchi parvoz qildi, hamda yo‘lovchi samolyoti muvaffaqiyatli ravishda qo‘ngan.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, Transportdagi xavfsizlik bo‘yicha milliy qo‘mita voqea yuzasidan surishtiruv ishlarini boshlagan.
Mavzuga oid
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
08:00 / 06.06.2026