21:13 / 16.06.2018
10439

Argentina – Islandiya: darvozabon Haldorsson - o‘yinning eng yaxshi futbolchisi

Foto: RIA Novosti

Islandiya terma jamoasi darvozaboni Hannes Tor Haldorsson Argentinaga qarshi o‘yinning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi.

Moskvadagi «Otkritiye Arena» stadionida o‘tkazilgan bahs 1:1 hisobida yakunlandi. Hannes 64-daqiqada Messining penaltidan yo‘llagan zarbasini qaytardi. Bundan tashqari, o‘yinda bir necha seyvlarni amalga oshirdi.

Guruh bosqichining 2-turida Argentina Xorvatiya (21 iyun) bilan, Islandiya esa Nigeriya (22 iyun) bilan bellashadi.

Mavzu
Rossiya mundiali

2018 yilning 14 iyunidan 15 iyuliga qadar Rossiyaning 11ta shahrida 12ta stadionda JCh-2018 bo‘lib o‘tadi. Rossiya ilk bor mundialga mezbonlik qilmoqda.

Barchasi
Top