Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boliviyada yuz bergan YTHda 17 kishi halok bo‘ldi
Boliviyada yo‘lovchi avtobusi ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Erbol xabar bermoqda.
Radiostansiya ma'lumotlariga ko‘ra, avariya sabab yana 22 kishi jarohat olgan.
Ta'kidlanishicha, yo‘lovchi avtobus Potosi shahri yaqinidagi shosseda qoyaga kelib urilgan.
Politsiya xodimlari so‘zlariga ko‘ra, avariyaga tezlikni haddan tashqari oshirib yuborish sabab bo‘ldi.
Ayni damda huquqni muhofaza qiluvchi organlar hodisaning barcha tafsilotlarini aniqlashtirishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindistonda avtobus ishtirokida fojia yuz bergani, 17 kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
10:30 / 17.06.2026
Boliviya va AQSh 18 yillik tanaffusdan so‘ng narkotrafikka qarshi hamkorlikni tikladi
09:30 / 17.06.2026
Toshkentda Lacetti va BYD to‘qnashuvi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi
18:17 / 15.06.2026
“Suv ichaman deb chalg‘idim” – Navoiyda YTHga uchragan avtobus haydovchisi 10 yilga qamaldi
14:23 / 15.06.2026