Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyada 8 metr keluvchi ilon ayol kishini yutib yubordi
Indoneziyaning Sulavesi orolida 8 metr keluvchi bo‘g‘ma ilon oshqozonidan ayol kishining jasadi topildi. Bu haqda Jakarta Post gazetasi mahalliy politsiyaga asosan xabar bermoqda.
Mahalliy fuqarolardan biri bo‘lgan 54 yoshli Va Tiba payshanba kuni kechqurun, o‘z uyidan taxminan kilometr masofada bo‘lgan ekinlarini tekshirib ko‘rish uchun chiqib ketganidan so‘ng izsiz g‘oyib bo‘lgan. Uning oilasi ayol ertasi kuni ham qaytib kelmagach vahima ko‘tardi. Ayolni izlashga uning singlisi jo‘nagan, biroq yerda faqat izlar, oyoq kiyimi va macheteni topgan, deb yozadi nashr.
Ayol mahalliy fuqarolarga yordam so‘rab murojaat qildi. Ular oradan bir necha soat o‘tib oshqozoni kattalashib ketgan yirik bo‘g‘ma ilonni topishgan. Mahalliy aholi vakillari uni o‘ldirishgan va oshqozonini yorib ko‘rishgan, u yerda esa izsiz g‘oyib bo‘lgan ayolning jasadi topildi, deya ta'kidlaydi gazeta.
Mavzuga oid
09:25 / 06.03.2026
Malayziya va Indoneziyadan jalb qilingan sayyohlar uchun subsidiya ajratiladi
08:56 / 27.02.2026
2026 yilda Imom Buxoriy majmuasiga 100 ming indoneziyalik ziyoratchi kelishi kutilmoqda
11:17 / 10.02.2026
YeI ilk bor uchinchi davlatlar portlariga sanksiya qo‘llashni ko‘rib chiqmoqda
00:50 / 08.02.2026