Jahon | 09:19 / 16.06.2018
3843
1 daqiqa o‘qiladi

Meksikada neft o‘g‘rilari 6 nafar politsiyachini otib tashlashdi

Foto: AP Photo / Gustavo Aguado

Meksikaning Amosok shahrida jinoyatchilar bilan otishma paytida olti nafar politsiyachi halok bo‘ldi. Bu haqda Excelsior portali xabar qilmoqda.

Portal ma'lumotlariga ko‘ra, politsiyachilarga «uachikoleroslar» (quvurlardan yoqilg‘i o‘g‘irlaydiganlar) tomonidan hujum amalga oshirilgan.

Hozirgi vaqtda Puebla shtatida jinoyatchilarni qidirish bo‘yicha yirik amaliyot o‘tkazilmoqda.

Ta'kidlanishicha, Meksika neft mahsulotlarining o‘marilishi tufayli har yili qariyb 1 mlrd dollar yo‘qotadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Meksikada 6 nafar politsiyachi otib tashlangani xabar qilingandi

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid