Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Shimoliy Koreyaga 47 ta talab qo‘ydi
Foto: AP Photo/Kirsty Wigglesworth
AQSh Shimoliy Koreyaning to‘liq yadroviy qurolsizlantirilishi bo‘yicha kelishuv doirasida Pxenyanga 47 ta banddan iborat talablarni qo‘ydi. Bu haqda Yaponiya tashqi ishlar vaziri Taro Kononing intervyusiga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi xabar berdi.
Kononing aytishicha, AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo Vashington “to‘liq yadroviy qurolsizlantirish” deganda yadroviy va ommaviy qirg‘in qurollarining boshqa turlari hamda raketalar va tegishli obektlarning yo‘q qilinishini nazarda tutishini Shimoliy Koreya e'tiboriga yetkazib qo‘ygan.
“Shu bilan bog‘liq holda Shimoliy Koreyaga 47 ta banddan iborat talablar qo‘yilgan. Agar talablar bajarilmasa, unda Shimoliy Koreyaga nisbatan kiritilgan sanksiyalar bekor qilinmaydi”, deb aytgan Kono.
Mavzuga oid
14:26
Dunyoni ikki lagerga bo‘lgan Cherchill – “Sovuq urush” davri qanday boshlangandi?
19:54 / 28.04.2026
AQSh zarbxonasida Kolumbiya kartellariga tegishli oltin topildi
17:51 / 28.04.2026
Britaniya qiroli 2007 yildan beri birinchi marta AQShga tashrif buyurdi
11:34 / 28.04.2026