Jahon | 14:29 / 17.06.2018
6741
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada 4,7 magnitudali zilzila ro‘y berdi

Foto: EPA-EFE/USGS

Yakshanba kuni Yaponiyaning Xonsyu oroli markazida joylashgan Gumma prefekturasida 4,7 magnitudali zilzila ro‘y berdi. Mamlakat hukumati shu haqida xabar berdi. 

Yaponiya meteorologik boshqarmasidan ma'lum qilinishicha, zilzila o‘chog‘i yer sathidan 20 kilometr chuqurlikda bo‘lgan. Tsunami xavfi yo‘q.

NHK telekanalidan xabar berilishicha, yer silkinishi natijasida jabrlanganlar haqida ma'lumot yo‘q. Zilzila qayd etilgan hududda elektr energiyasining yetkazib berilishi barqaror amalga oshirilmoqda.

Rasmiy manbalarga ko‘ra, yer silkinishi Yaponiya atom energetikasi obektlari faoliyatiga hech qanday ta'sir ko‘rsatmagan. 

Zilzila sababli Yaponiya bosh vaziri kantselyariyasida inqiroz shtabi ishga tushdi.

 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid