Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiya muhojirlarni qabul qilishdan bosh tortdi, ularni Ispaniya bag‘riga oldi
Foto: AFP
Ispaniyaning Valensiya shahri portida afrikalik muhojirlar chiqqan Italiyaning Aquaris nomli kemasi to‘xtadi. Bu haqda AP xabar bermoqda.
Bu kemani Malta va Italiya qabul qilishdan bosh tortgandi.
Hozirda muhojirlar tibbiyot xodimlari va ruhshunoslar nazoratida bo‘lib turibdi. Valensiyaga Italiya tomonidan qaytarilgan yana bir muhojirlar kemasi kelmoqda.
Avvalroq Italiya va Malta bortida 629 noqonuniy muhojir bo‘lgan Aquarius kemasini o‘z portlariga kiritishdan bosh tortgandi. Kemadagi odamlarning O‘rta yer dengizida o‘tkazilgan qutqaruv amaliyotlari davomida hayotlari saqlab qolingan. Ikki davlat, BMT va Yevropa ittifoqining kemani qabul qilishga chaqirishiga qaramay, uni qabul qilmaslikka qaror qilgan.
Mavzuga oid
08:10
Italiyada qishki Paralimpiya o‘yinlari rasman ochildi
09:33 / 23.02.2026
Veronada qishki Olimpiya o‘yinlarining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi
21:31 / 20.02.2026
Norvegiya oltin medallar soni bo‘yicha qishki Olimpiada rekordini o‘rnatdi
09:55 / 20.02.2026