Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Tolibon” Afg‘oniston hukumati bilan yarashuvni uzaytirishdan bosh tortdi
Foto: EXPRESS
“Tolibon” harakati Afg‘oniston hukumati bilan tuzilgan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini uzaytirishdan bosh tortdi. “Biz yarashuvni uzaytirishni rejalashtirmayapmiz. U bugun tugaydi”, deb ma'lum qilgan 17 iyunda “Tolibon” vakili Sabihulla Mujohid.
16 iyunda Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani Ramazon oyi tugashi va Ramazon hayiti nishonlanishi munosabati bilan joriy qilingan yarashuv uzaytirilishini ma'lum qilgandi. Afg‘oniston hukumati yarashuvni 11 iyundan 19 iyungacha amal qilishini belgilagandi. O‘z navbatida “Tolibon” hayitning dastlabki 3 kuni – 15 iyundan 17 iyungacha o‘z jangarilarini yarashuvga amal qilishga chaqirgan. Bu vaqt ichida butun mamlakat bo‘ylab afg‘on askarlari, toliblar va tinch aholining uchrashuvlari bo‘lib o‘tgan.
Biroq Ramazon hayiti ko‘ngilsizliklarsiz o‘tmadi. 16 iyunda Nangarhor viloyatidagi Jalolobod shahrida avtomobilning portlatilishi oqibatida 36 kishi halok bo‘lgan, 65 kishi jarohat olgan. Jabrlanganlar orasida afg‘on harbiylari va tinch aholi qatorida toliblar ham bo‘lgan. Portlatilgan mashina yonida afg‘on harbiylari va toliblar uchrashuvi o‘tayotgan bo‘lgan.
Shuningdek, 17 iyunda shaharda yana bir terakt amalga oshirildi. Uning oqibatida 32 kishi halok bo‘lgan, 53 kishi jarohat olgan. Terrorchi-xudkush viloyat gubernatori idorasi yaqinida hayit bayramini nishonlayotgan olomon orasida o‘zini portlatgan.
Mavzuga oid
11:34 / 28.04.2026
“Imperiyalar qabristoni” – nega yirik davlatlar Afg‘onistonni bo‘ysundira olmagan?
23:39 / 27.04.2026
Pokiston afg‘on universitetini o‘qqa tutdi: 7 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab kishilar yaralandi
11:30 / 23.04.2026
Afg‘oniston giyohvand moddalardan tozalanadi – vazir o‘rinbosari jahon hamjamiyatini hamkorlikka chaqirdi
10:15 / 17.04.2026