Afg‘oniston hukumati bir tomonlama ravishda “Tolibon” bilan yarashuvni uzaytirdi
Afg‘oniston hukumati bir tomonlama ravishda “Tolibon” harakati bilan o‘t ochishni to‘xtatish tartibini yana 10 kunga uzaytirdi. Yarashuv muddati 20 iyunda tugashi kerak edi.
Avvalroq mamlakat prezidenti Ashraf G‘ani Ramazon oyi yakunlanayotgani va muborak Ramazon hayiti nishonlanishi munosabati bilan 11 iyundan 19 iyungacha toliblar bilan vaqtinchalik yarashuv e'lon qilgandi. 16 iyunda G‘ani ushbu yarashuv uzaytirilishini ma'lum qilgandi. O‘z navbatida “Tolibon” ham Ramazon hayitining ilk 3 kuni o‘t ochishni to‘xtatishini ma'lum qilgandi. Biroq harakat uni uzaytirishni istamayapti.
Ma'lum qilinishicha, “Tolibon” vakili toliblarning yarashuvi hukumatniki bilan hech qanday umumiy jihatga emasligini va jangarilar mamlakatda o‘z faoliyatini tiklash haqida buyruq olib bo‘lishganini ma'lum qilgan. “Tolibon” bayonotida aytilishicha, yarashuv yakunlanishi bilan toliblar “amerikalik bosqinchilar va ularning malaylari”ga qarshi kurashishni davom ettiradi.
Mavzuga oid
20:51 / 04.10.2024
Rossiya «Tolibon»ni terrorchilar ro‘yxatidan chiqarish bo‘yicha ishlarni yakunlamoqda - FXX rahbari
21:27 / 03.10.2024
“Tolibon” Vahan koridorini ochmoqchi. Bu qanchalik real?
22:50 / 26.09.2024
Bir qancha G‘arb davlatlari «Tolibon»ni ayollarni kamsitgani uchun sudga bermoqchi
23:22 / 24.09.2024